Islomda Inson Huquqlari

Islom e’tiqodiga ko‘ra, inson huquqlari zamon yoki hukmdorlarning almashishiga qarab o‘zgaradigan qoidalar emas. Ular Yaratgan tomonidan har bir insonga tug‘ilishidanoq bahsh etilgan muqaddas omonat va huquqlardir. Islom bundan 14 asr muqaddam butun insoniyatning tengligini va daxlsiz huquqlarga ega ekanligini e’lon qilgan.

Islomda har bir inson faqatgina “inson” bo‘lgani uchungina hurmat va ehtiromga loyiqdir. Irq, til, teri rangi yoki ijtimoiy mavqe aslo ustunlik mezoni bo‘la olmaydi. Haqiqiy ustunlik va sharaf faqat go‘zal axloq, taqvo va mas’uliyat hissidadir.

“Darhaqiqat, Biz Odam farzandlarini mukarram qildik…” (Isro surasi, 70-oyat)

“Ey insonlar! Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik. Va sizlarni o‘zaro tanishishingiz (do‘stlashishingiz) uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Shubhasiz, Alloh huzurida eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir…” (Hujurot surasi, 13-oyat)

Hayot — Alloh taolo tomonidan insonga berilgan eng muqaddas tuhfadir. Birgina begunoh insonning hayotiga qasd qilish, butun insoniyatni yo‘q qilish bilan barobar deb hisoblangan.

“…Kim bir jonni o‘ldirmagan yoki yer yuzida buzg‘unchilik qilmagan biror kimsani (nohaq) o‘ldirsa, go‘yo butun insoniyatni o‘ldirgandek bo‘ladi. Kimki uning hayotini saqlab qolsa, go‘yo butun insoniyatni hayotini saqlab qolgandek bo‘ladi…” (Moida surasi, 32-oyat)

Islom e’tiqod masalasida har bir shaxsning erkin irodasiga mutlaq hurmat ko‘rsatadi. Hech kim biron bir dinga ishonishga yoki o‘z dinini o‘zgartirishga majburlanishi mumkin emas.

“Dinda majburlash yo‘q…” (Baqara surasi, 256-oyat)

“Agar Robbingiz xohlasa edi, yer yuzidagi barcha insonlar yoppasiga iymon keltirgan bo‘lur edilar. Shunday ekan, odamlar mo‘min bo‘lishlari uchun ularni siz majburlaysizmi?” (Yunus surasi, 99-oyat)

Adolat — Islomning eng bosh ustunidir. Biror jamiyatga yoki shaxsga bo‘lgan nafrat yoxud dushmanlik ham adolatdan og‘ishishga aslo sabab bo‘la olmaydi. Qonun va haq-huquq oldida kuchli ham, zaif ham mutloq tengdir.

“Ey iymon keltirganlar! Alloh uchun adolatni tiklovchi, adolatli guvoh bo‘lingiz. Biror qavmga bo‘lgan nafratingiz sizni adolatsizlik qilishga undamasin. Adolat qilingiz…” (Moida surasi, 8-oyat)

Har bir shaxsning halol yo‘l bilan topgan mol-mulki, egaligi va mehnati muqaddasdir. Hech kim boshqasining huquqini gasp qilishi, mehnatini ekspluatatsiya qilishi (sh hisobiga kun ko‘rishi) mumkin emas.

“Bir-biringizning mollaringizni nohaq yo‘l bilan yemangiz…” (Baqara surasi, 188-oyat)

Islomning inson huquqlariga bo‘lgan yondashuvi insonni borliqning markaziga qo‘yadigan va uni himoya qilishni maqsad qilgan ulkan dunyoqarashga egadir. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ham o‘zlarining “Vido xutbalari”da (Veda Hutbesi) ushbu tamoyillarni umumlashtirib, insonlarning joni, moli va sha’ni daxlsiz ekanini butun dunyoga e’lon qilganlar. Islom adolatni va inson qadr-qimmatini himoya qilishni shunchaki huquqiy vazifa emas, balki buyuk diniy ibodat deb biladi.

Related posts

Islomda Nikoh

Islomda Savdo

Islomda tahorat va poklik