JIHOD

Ahmet Koca

JIHOD

Arabcha “chd/cehd” ildizidan kelgan jihod tushunchasi lug‘atda harakat qilish, kuch sarflash kabi ma’nolarga ega. Diniy ta’rifda esa jihod, qiyinchiliklarga sabr qilib dushmanga, nafsga, shaytonga, axloqsizlikka oid fitna, fujur, fisk, zulm kabi yomonliklarga qarshi moddiy va ma’naviy har xil kurashish ma’nosini anglatadi. Ya’ni jihod, nafs bilan kurashni (katta/ma’naviy jihod) hamda dushmanga qarshi urushishni (kichik/moddiy jihod) o’z ichiga olgan tushuncha hisoblanadi.

Tushunchaning ta’rifidan ham tushunib turibmizki, jihod, musulmonning dushman bilan olib borgan kurashini ifoda etgani kabi Iblisning har qanday hiyla va tuzog‘iga qaramay, insonning “inson bo‘lish” maqsadida nafsiga qarshi olib borgan shiddatli kurashini ham o‘z ichiga oladi. Inson bu jangni yutmagan holda, jang maydonlarida qiladigan jihodi ham xavf ostida bo‘ladi. Bunday vaziyatda Alloh uchun chiqqan safar maqsadi, shon-shuhrat va boylik uchun qilingan urushga aylanib ketish xavfi bilan duch keladi. Mana shunday vaziyatda, “insonni insoncha yashashga va unga hayot berishga” qaratilgan jihod, bu nozikligini yo‘qotib, jon olish va boylik orttirish vositasiga aylanishi mumkin.

Urushning tarixi insoniyat tarixi qadar qadimidir. Ammo Islomda urushning mantig‘i, boshqa dinlar va ideologiyalarning urush mantig‘idan va sabablaridan sezilarli farq qiladi. Islom urushni zulm qilish uchun emas, adolatni o‘rnatish uchun qiladi. Hech qachon mol to‘plash, yer egallash, odamlarga hukmronlik qilish, ularga nisbatan kattalikka intilish, ularni o‘ldirish, qullikka aylantirish, boyliklarini talon-toroj qilish, mustamlakalar qurish, intiqom olish uchun jihod qilinmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Tebuk safarida Alinga bayroqni topshirayotganda aytgan so‘zlari, aslida Islomning urushga yuklagan ma’nosini tushunish uchun juda muhimdir: “Ey Ali! Urushayotgan yahudilarga ularning huquqlarini yetkaz. Ularning birortasi sening qo‘llaring bilan hidoyatga erishsa, sening qizil tuyalarga ega bo‘lishingdan ham yaxshidir.” Islom urushni, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy g‘alaba vositasi qilishdan saqlanib, insonga, insonga yashash uchun muhit yaratish maqsadida, “oxirgi chora” sifatida qaraydi. Payg‘ambarimiz bu narsani Adiy b. Hatimga “bir ayolning yakka o’zi Makkadan Qadisiyagacha hech qanday zarar ko‘rmasdan sayohat qilishi mumkin bo‘lgan dunyo” deb ta’riflagan va hayotini bunga bag‘ishlagan edi. O‘sha paytdagi Arabistonda, hatto butun dunyoda bu faqat orzu edi. Allohning Rasulining bu orzuni amalga oshirish va butun dunyoga yoyish uchun amalga oshirilgan har qanday harakat jihod tushunchasiga kiradi va umr bo’yi bunga bag’ishlanish darajasida ma’no va qadriyatga ega bo‘ladi. Ya’ni hayot, imon va jihoddan iboratdir bir mo‘min uchun.

Qur’on, jihod va urush tushunchalarini “Alloh yo‘lida kurashish” (fî sebîlillâh) shaklida ishlatadi. Shuning uchun, Alloh roziligi tashqarisida bo‘lgan har qanday kurash usuli Islomning buyurgan jihodi emasdir. Musulmonlarga, o‘zlariga urush ochmagan va zulm qilmagan kofirlarga yaxshi munosabatda bo‘lishlari buyuriladi va kufrning faqat o‘zi urush uchun sabab bo‘lmasligi eslatib o‘tiladi. “Dinlaringiz uchun sizlar bilan urushmaydigan, sizlarni yurtlaringizdan chiqarishga harakat qilmaydigan kofirlarga kelsak, Alloh sizlarni ularga yaxshilik qilishdan, adolat va insof ko‘rsatishdan man etmaydi. Chunki Alloh adolatli bo‘lganlarni sevar.” (Mumtahina, 60) “Sizlar bilan urushganlarga qarshi siz ham Alloh yo‘lida urushing. Ammo nohaq hujum qilmang. Albatta, Alloh, haddan oshuvchilarni sevmaydi.” (Baqara, 190) “Fitna (bosim va zulm) yo‘qolib, din va itoat faqat Alloh uchun bo‘lguncha ularni urishing. Agar ular inkor qilishdan va tajovuzdan voz kechsalar, bilingki zulm qiluvchilardan boshqa hech kimga dushmanlik yo‘qdir.” (Baqara, 193) “Fitnaning yo‘qolishi” uchun urushning buyurilishi, musulmonlarni mushriklarning zulmidan qutqarishga qaratilgan kurash buyurilishi bo‘lishi bilan birga, din va vijdon erkinligini himoya qilishga ham asoslanganligini unutmaslik kerak. Agar bunday xavf bo‘lmasa, urush ham yo‘qdir. Allohning Rasulining so‘zlari: “Dushman bilan yuzlashishni tilamang, aksincha bu borada Allohdan afiyat so‘rang. Agar ular bilan yuzlashsangiz, sabrli bo‘ling va bilingki, jannat qilichlarning soyasida bo‘ladi.” Bu so‘zlar Islomning urushni emas, tinchlikni markazga qo‘yishini ko‘rsatadi.

Related Posts

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?